Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI “OILAM-BAXTIM QUVONCHIM” NOMLI OILAVIY BOLALAR UYIDA BO‘LDI

×

 2022-12-23 13:22:12    92

PDF yuklash
Chop etish



Dillarda bayram shukuhi

Qo‘shtepa tumanida yangi yil o‘zgacha shukuh va quvonch bilan qarshi olinmoqda. Xususan, joriy yilning 20-30 dekabr kunlari tumanda sektorlar bo‘yicha “Yangi yil” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikov “Sohibkor” MFY hududida tashkil etilgan “Oilam-baxtim quvonchim” nomli oilaviy bolalar uyida bo‘ldi.

Tuman rahbari ushbu oilaviy bolalar uyining tarbiyalanuvchilari Alina Sachnyova, Alina Vasilenko, Navro‘zaxon Isomiddinova, Venera Teshaboyeva, Alina Zaxarova hamda Baxtigul Shermatovalarga “Yangi yil” sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek bugun “Oilam-baxtim quvonchim” nomli oilaviy bolalar uyining “Mehr daftari”ga kiritilgan 6 nafar tarbiyalanuvchilariga ularning xohish va istaklari inobatga olinib, noutbuk, tikuv mashinasi hamda velosipedlar ham topshirildi.

 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram