Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ESHONGUZARLIK ONALARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2022-05-31 22:27:39    108

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanida navbatdagi “Yangi O’zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostidagi ma’naviy ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan bir guruh san’tkorlarimiz, O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov, badiiy so‘z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari ansambili xonandasi Boburjon Xudoyqulov, shoir Rustam Musurmon, Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudovlar eshonguzar mahallasida istiqomat qiluvchi onaxonlarimizning holidan xabar olishib, ularga ehtirom ko‘rsatishdi.





Ular mahalladagi mehnat faxriylari va nuroniy onaxonlar Safiyaxon Madaminova, Olimaxon Shermatova, Muqaddasxon Madaminovalarning xonadonlarda bo‘lishdi. Ularga “Onalarga ehtirom” oyligi doirasida guldastalar va esdalik sovg‘alari hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi Obiddin Mahmudov tomonidan kitoblar jamlanmasi topshirildi.




Kutilmagan tashrifdan onaxonlarning boshi ko‘kka yetdi. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulxay Karimov jonli ijroda onaxonlar uchun qo‘shiq kuyladi. Shoir Rustam Musurmon esa o‘zining go‘zal she’rlaridan o‘qib berdi.




Onaxonlar ham o‘z navbatida mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, yurtimizga tinchlik omonlik tilab duoga qo‘l ochdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram