Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR BU HAMJIHATLIKDIR

×

 2022-01-28 09:51:28    122

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inining “Oyimcha” qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borilib, qabristonga hashar yo‘li bilan qo‘shimcha bino qurilmoqda.

– “Nurafshon” mahallasida o‘ziga xos odat bor – deydi, mahalla faoli Shuxratjon Oripov. – Mahalladagi yoshlar nuroniylar bilan maslahatlashib har yili mahallada obodonlashtirish ishlarini olib borishadi. Yildan-yilga shakllanib kelayotgan bu odat xatto yoshlar o‘rtasida o‘zaro raqobatga ham aylanib ulgurgan. Bu ishning e’tiborli jihati shundaki, tashabbuskorlarning aksariyat qismini 30-35 yoshli yigitlar tashkil etadi. Mahallamiz yoshlaridagi bu ahillikni ko‘rib, hashar birdamlik va hamjihatlik ekanligiga yana bir karra amin bo‘lmoqdamiz.



Ayni kunlarda “Oyimcha” qabristonida 20 nafardan ziyod yoshlar qurilish ishlarini olib bormoqdalar. Qurilish harajatlari esa tashabbuskor yoshlarning o‘z mablag‘lari va xomiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram