Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“IQTIDORLI YOSHLAR – YURT KELAJAGI” AKSIYASI DOIRASIDA O‘QUV AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

×

 2021-09-17 19:56:23    127

PDF yuklash
Chop etish



“Iqtidorli yoshlar – Yurt kelajagi” aksiyasi doirasida Qo‘shtepa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyatimizdagi tuman va shaharlardan kelgan ishtirokchilar qatnashib, maktabning o‘quv xonalari va ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng seminar dasturiga asosan yig‘ilishlar zalida 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fahriy ustozi T.Usmonov va tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatovlar muallifligida chop etilgan “Qo‘shtepa tumani joy nomlari va geografik ob’ektlari” nomli kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.


Tadbir davomida “Ekologiya va o‘lkashunoslik” yo‘nalishi “Floristika” to‘garagi rahbari A.Mirzaolimova va “Kviling” to‘garagi rahbari G.Zokirovalar to‘garak a’zolariga 3 akademik soatdan tashkil topgan ochiq mashg‘ulot o‘tdilar.


Shuningdek, “Ekologiya va o‘lkashunoslik” yo‘nalishi uslubchisi M.Nosirova “Chiqindi mahsulotlardan gul tuvaklar yasash” mavzusida mahorat mashg‘ulotlarini tashkilladi. 


Seminarda o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotlar va mahorat mashg‘ulotlarining tahlili ham o‘tkazildi. Tahlilni viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Ekologiya va o‘lkashunoslik” yo‘nalishi uslubchisi A.Ablakimova olib bordi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram