Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MINI FUTBOL BO’YICHA “DXX KUBOGI” O’YINLARI YAKUNLANDI

×

 2021-05-21 20:20:13    111

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida mini-futbol bo’yicha 18-30 yosh toifasidagi uyushmagan yoshlar o’rtasida “DXX kubogi”ga start berilib, unda sektorlar kesimida 51ta jamoa ishtirok etdi. Musabaqada jamoalar 8 ta guruhga bo’lingan holda ishtirok etishdi.

Ushbu musobaqaning final bosqichi bugun bo’lib o’tdi. Unda Qiyqi, Qumtepa, Eshonguzar, Kichik Beshkapa, Shodlik, Dehqonobod, Fayz, Qorajiyda mahalla fuqarolar yig’inlari jamoalari bellashdilar.


Musobaqaning 3-4 o’rinlari uchun Dehqonobod va Shodlik MFY jamoalari, 1-2 o’rinlar uchun Kichik Beshkapa va Qumtepa MFY jamoalari bellashishdi. 


Musobaqa yakuniga ko’ra Kichik Beshkapa MFY jamoasi g’olib bo’lib, “DXX kubogi”ni qo’lga kiritdi.

Shuningdek, Qumtepa MFY jamoasiga 2-o’rin, Dehqonobod MFY jamoasiga 3-o’rin va Shodlik MFY jamoasiga 4-o’rin nasib etdi. 


Final musobaqalarida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, DXX Marag’ilon shahar bo’limi boshlig’i Sh.Xatamovlar ishtirok etishdi. G’olib jamolarga va turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’lgan o’yinchilarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram