Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEPUTATLAR BILAN MULOQOT

×

 2021-04-29 16:34:45    163

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan ochiq yuzma-yuz muloqoti tashkil etildi. Tadbirni  Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov boshqarib bordi.


Senat raisi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan bo’lgan muloqot chog’ida ularni o’ylantirayotgan muammolar bo’yicha tumandagi soha rahbarlari bilan ham suhbatlashdi.

– Bugun jonlanadigan vaqti keldi, – deydi Senat Raisi Tanzila Narbayeva. – Barcha darajadagi deputatlar, xalq deputatlarining doimiy komissiyalari o’z ish uslublarini o’zgartirishlari kerak. Yaqin va uzoq istiqboldagi faoliyatimizning bosh mezoni xalq farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ekan, deputatlarimiz saylovchilarning muammolari bilan izchil shug’ullanishlari talab etiladi.

Muloqotda shuningdek, deputat so’rovi, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga g’amxo’rlikni oshirish va shu kabi boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Enaxon Siddiqova, xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri Arabjon Qodirov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan Shavkatjon Sharopov, A'zamjon Axmadjonovlar tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar kiritildi.


Shuningdek, deputatlar Senat Raisi bilan o’tkazilgan muloqot xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatida muhim ustuvor ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o’tishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram