Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

 “ZUKKO KITOBXONLAR” BELLASHUVI 

×

 2021-02-27 22:19:04    154

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani axborot-kutubxona markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi bilan hamkorlikda o’zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining106 yilligini nishonlash hamda shoira hayoti va ijodini o’rganish maqsadida tuman umumta'lim maktablari o’quvchi yoshlari o’rtasida “Bahor keldi seni so’roqlab” mavzusida “Zukko kitobxonlar” bellashuvi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda Qo’shtepa tumani xalq ta'limi tasarrufidagi 19-maktabning “Bahor kuychisi” hamda 20-maktabning “Nafosat gulshani” guruhlari 5 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar.



Bellashuv davomida ikki guruh qatnashchilari ham oldilariga qo’yilgan shartlarni a'lo darajada bajardilar. Shuningdek, Zulfiya hayoti va ijodiga bo’lgan qiziqishlarini ifoda etishdi. Bellashuvda bajarilgan shartlar hay'at a'zolari tomonidan odilona baholab borildi.


Kecha davomida faol kitobxon o’quvchilar tomonidan tayyorlangan she'r, qo’shiq va raqslar yig’ilganlar e'tiboriga havola etildi.

Bellashuv natijasiga ko’ra 20-maktabning “Nafosat gulshani” guruhi g’olib deb topilib, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu kechada kutubxona xodimlari tomonidan shoira Zulfiya Isroilova ijodiga bag’ishlangan “Zulfiya sadoqat kuychisi” nomli  kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram