Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT

×

 2021-01-30 20:59:55    104

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agetligi rahbari Alisher Sa'dullayev ishtirokida Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” tumanimizdagi yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Ilyosbek Novikov, tuman hokimining o’rinbosarlari va mas'ul idoralar rahbarlari ishtirok etdilar. 

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agetligi rahbari Alisher Sa'dullayev bilan bo’lgan uchrashuvda 100 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi. Muloqot chog’ida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat etdilar.

 Uchrashuv davomida 39 nafar yoshlar tomonidan ko’tarilgan masalalarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga ko’rsatmalar berildi.

Tadbirda 3 yosh toifasi vakillari ishtirokida o’tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichida 10-14 yoshlilar o’tasida 1-o’rinni egallagan D.Abdullayeva, 15-19 yoshlilar o’tasida 1-o’rinni egallagan M.Maxkamov hamda 20-30 yoshlilar o’tasida 1-o’rinni egallagan N.Toshaliyevalar tuman hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.