Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OILAMIZ BILAN KITOB O’QIYMIZ” AKTSIYASI DAVOM ETMOQDA

×

 2021-01-14 18:14:55    1545

PDF yuklash
Chop etish


“Yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do’st bo’lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim”. Sh.Mirziyoyev.

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do’st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o’rni muhim. Millatning ma'naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo’shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Xabaringiz bor, viloyatimizdagi tuman va shaharlarda 2020-2021 yillar davomida mahallalar, ta'lim muassasalari va tashkilotlarda arzonlashtirilgan narxlarda kitob savdo yarmarkalarini tashkil etish yo’lga qo’yildi. Shu munosabat bilan “Oilamiz bilan kitob o’qiymiz!” aksiyasi o’tkazilmoqda. Ushbu tadbir Qo’shtepa tumanidagi ta'lim muassasalari davom etmoqda.

Bugun tuman xalq ta'limi bo’limiga qarashli 1, 14, 35, 5, 35, 7, 8, 12, 13, 6, 2, 32, 42-umumiy o’rta ta'lim maktablarida tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi,  Xalq ta'limi bo’limi, tuman Axborot kutubxona markazi va boshqa  hamkor tashkilotlar hamkorligida “Oilamiz bilan kitob o’qiymiz” mavzusida  kitoblar yarmarkasi  o’tkazildi.

Ushbu yarmarkada ota-onalar, mahalla faollari, uyushmgan yoshlar, maktab pedagog xodimlari hamda o’quvchi yoshlar faol ishtirok etdilar.

- “Oilamiz bilan kitob o’qiymiz!” aksiyasi tashkil etilganidan juda mamnun bo’ldik, - deydi Xusniddin Teshaboyev. - Farzandim Muxlisaxon Xasanova 1-umumiy o’rta ta'lim maktabining 4-b sinfida o’qiydi. Uyga taklifnomani olib borgach, bugun kitoblar yarmarkasiga keldik. Kitoblar rang-barang, narxi ham arzon. Farzandim uchun uning xohishiga qarab bir nechta kitob harid qildik.

“Oilamiz bilan kitob o’qiymiz!” aksiyasi davomida tashkil etilgan arzonlashtirilgan narxlardagi kitob savdo yarmarkalaridan bolalar ham ularning ota-onalari ham birdek mamnun bo’ldilar. Ha, kitob - oftobdir, shubhasiz. Shunday ekan, har oilaning o’z kutubxonasi, ya'ni quyoshi bo’lsin, uning nuri qalblarimiz, hayot yo’llarimizni mangu yoritsin.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.