Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUAMMOLARNI HAL ETISH CHORALARI KO’RILDI

×

 2020-12-29 12:29:59    117

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi. Ushbu qabul O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida bo’lib o’tdi.

         Unda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

         Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo’ygan muammolar bo’yicha hokim o’rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rildi.

        Tuman hokimi 30 nafarga yaqin fuqaroning suv va elektr ta'minoti, uy-joy, moddiy yordam, bank, sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eshitib, ularni o’z o’rnida, qo’shimcha o’rganish talab etadigan muammolarni esa qisqa fursatda hal etish choralarini ko’rdi. Ayrim murojaatlarda ko’rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tuman hokimi tomonidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

         Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.