Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

3 DEKABR - XALQARO NOGIRONLAR KUNI: MEHR-SAXOVAT ULASHILDI

×

 2020-12-03 17:11:16    163

PDF yuklash
Chop etish


Inson fikrlashi bilan jonzotlardan farq qiladi, degan gapni ko’p bor eshitganmiz. Va uning ezgulikka yo’g’rilgan hissiyot qo’rg’oni - yuragi urib tutar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-saxovat ulashishdan charchamaydi. Xalqimizga hos insoniylik, saxovatpeshalik va bag’rikenglik 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tumanimiz bo’ylab uyushtirilgan tadbirlarda o’z aksini topdi.

Sana munosabati bilan O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg’ona viloyat kengashi raisi Z.Zoxidov hamda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Sh.Sharapov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senat a'zosi I.Sultonov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi Elmurodjon Abduxamidov hamda tuman kengashi deputatlari Shomirza, Shahartepa, Beshkapa, Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inlari hududidagi nogironligi bo’lgan fuqarolarning xolidan xabar oldilar. Shuningdek, ularning muammolari o’rganilib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda esdalik sovg’alari berildi.

    Muammolarni o’rganish natijasida O’zbekistan Xalq demokratik partiyasi Farg’ona viloyat Kengashi raisi Z.Zoxidov tomonidan O.Shayxevga bepul davolanishi uchun order berildi hamda ikki nafar nogironligi bor Z.To’xtasinov va uning turmush o’rtog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senat a'zosi I.Sultonov tomonidan  muntazam ish bilan ta'minlandi.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.