Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Yoshlar parlamenti” a'zoligiga saylandi

×

 2020-08-12 08:45:05    127

PDF yuklash
Chop etish


  Mamlakatimizda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash, jamiyatda yoshlarni faolligini oshirish, ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida “Yoshlar parlamenti” tashkil etildi.

Mazkur parlamentning har bir tuman-shaharlardan 1 nafardan a'zolarini shakllantirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” Qo’shtepa tuman komissiyasi “Yoshlar parlamenti” a'zosi bo’lish istagida bo’lgan yoshlar ro’yxatini shakllantirish maqsadida tumanda faoliyat ko’rsatayotgan OAV, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon berilishi natijasida mavjud 5 ta siyosiy partiyalarga 58 nafar nomzodlardan arizalar qabul qilindi. Joriy yilning 26 iyul kuni saralashning birinchi bosqich suhbatlari o’tkazilib, har bir siyosiy patiyadan 1 nafardan jami 5 nafar nomzod saralab olindi hamda saralash jarayonlarining 2-bosqichiga start berildi va natijalarga ko’ra O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod, O’zXDP Qo’shtepa tuman kengashi raisi o’rinbosari Abduxamidov Elmurodjon Dilmurodjon o’g’li "Yoshlar parlamenti" a'zoligiga saylandi. 

Yoshlar parlamenti yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini parlament minbariga olib chiqish, qonun ijodkorligida yoshlarning ishtirokini ta'minlash, bo’lg’usi Senat a'zolari hamda siyosatchilarni tayyorlash, yoshlarni ulkan maqsad va aniq loyihalarga yo’naltirib borish kabi vazifalarni bajaradi.

Biz shunday mas'uliyatli vazifalarni bajarishda Elmurodjon Abduxamidovga kuch-quvvat va omad tilab qolamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.