Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM SANOAT KORXONALARIDA

×

 2020-04-21 18:13:11    123

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov va tuman prokurori M. Shomurodovlar tumandagi sanoat korxonalarida bo’ldi. Xususan, Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi "Sardor RRS",  "Sarmozor mebel ta'mir", "Marg’ilon poyafzal", "Sharq ravon" mas'uliyati cheklangan jamiyatlari va "Fayzli Robiyaxon jilosi" hamda Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi "Sardoba ko’za plast" xususiy korxonalarida bo’lib, "Koronavirus" pandemiyasi davrida joriy etilgan karantin qoidalariga qati'y amal qilgan holda korxona faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Tuman hokimi sinovli kunlarda mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalangan holda hamjihat bo’lib ish olib borayotgan ishchilar bilan hamsuhbat bo’ldi hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

I. Novikov koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo’yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlarga atroflicha to’xtalib, bu borada hamjihatlikda ish olib borish bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanligini ta'kidlab o’tdi.


Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati