Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Farg‘ona viloyat hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan Qo‘shtepa tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2019-06-25 18:44:25    242

PDF yuklash
Chop etish


Axoli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yanada kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida 2019 yil 25 iyun kuni Farg‘ona viloyat hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan Qo‘shtepa tumani G‘ishtmon MFYda joylashgan madaniyat uyi dam olish maskanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa, Oltiariq, Toshloq va Yozyovon tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. 
Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda jami 112 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 49 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining 12 ta uy-joy bank krediti ajratishdagi muammolar, 6 ta tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar, 6 ta moddiy yordam ko‘rsatish, 5 ta ishga joylashish va boshqa boshqa masalalarda murojaatlari ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan qabul natijalari bo‘yicha 12 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etildi, 2 nafar murojaatchilarga tushuntirish berildi, 35 ta murojaatlar amaldagi qonunlarga ko‘ra o‘rganib chiqish uchun qabulda ishtirok etgan viloyat boshqarma, tashkilotlari rahbarlari hamda shahar, tuman hokimlariga topshiriqlar berildi. 
Qo‘shtepa tumani Soybo‘yi ko‘chasida yashovchi Ergasheva Farog‘atxonning “Turmush o‘rtog‘ini davolash uchun moddiy yordam berish va ishga joylashish to‘g‘risida”gi, Oltiariq tumani Tinchlik ko‘chasida yashovchi Xamdamova Xayitxonning “Moddiy yordam ajratish to‘g‘risida”gi, Oltiariq tumani Yangi qo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi Saidova Adolatxonning ”Ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, Marg‘ilon shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasida yashovchi Isakova Muqaddamning “Uy-joy ajratish to‘g‘risida”gi murojaatlarini ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 
Ommaviy sayyor qabullar davomida kollej hududi ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan gavjum bo‘ldi. Tashkillangan kitob yarmarkasi qabulga kelgan tashkilot raxbarlari va fuqarolarda katta taassurot qoldirdi. 
Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. 

Manba ferghana.uz sayti