Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XAR BIR MUROJAATGA ALOHIDA E'TIBOR
2019-05-28 18:14:31 173
Qo‘shtepa tumani sektor rahbarlarining hududlardagi ommaviy sayyor qabullarida ham ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘z muammolariga yechim topmoqdalar.
2019-yil 28-may kuni Qo‘shtepa tumani G‘ishtmon MFY, Fidoiy ko‘chasida joylashgan “Madaniyat” markazining filiali bog‘ida tuman sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri, 4 ta sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari xamda tumandagi barcha tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Qabulda jami 102 nafar fuqarolar o’z murojaatlari bilan qatnashdilar. Ushbu fuqarolardan sektor rahbarlariga jami 117 ta murojaatlar qilindi. Shundan 38 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, 8 tasiga batafsil tushuntirishlar berildi, qolgan 71 ta murojaatlar bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosarlariga xamda tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ularni atroflicha qonunda belgilangan tartiblarda ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish chora-tadbirlarini belgilab, natijasi yuzasidan axborot berish vazifalari yuklatildi.
Qabul davomida 15 ta fuqarolar suyultirilgan gaz baloni bilan ta’minlandi, 7 nafar fuqarolarga davolanishga order berildi, 7 nafar moddiy yordamga muxtoj fuqarolarga un va yog‘ maxsulotlari tarqatildi, 3 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilishiga erishildi, 2 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi, 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi berildi, 2 nafar fuqaro eshitish moslamasi bilan ta’minlandi.
Qabul natijalari bo‘yicha ko‘plab fuqarolardan minnatdorchilik fikrlari kelib tushdi.
B.Ro'zioxunov olgan fotosuratlar