Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"KITOBXONLIK HAFTALIGI" DOIRASIDA QO‘SHTEPA TUMANI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA TURLI MAVZULARDAGI TADBIRLAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-04-26 16:49:00    122

PDF yuklash
Chop etish





"Kitobsevar millat" shiori ostidagi IV Respublika kitobxonlik festivali doirasida Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazi turli mavzulardagi tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, kutubxonaning o‘quv zalida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Kitob-ma’naviyat o‘chog‘i" deb nomlangan davra suhati o‘tkazilib, tadbirda o‘zbek adiblarining hayoti va ijodi, asarlari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yosh kitibxonlar bilan "Kutubxona bo‘ylab sayohat" ham tashkil etilib, sayohat davomida kitobsevarlar axborot-kutubxona markazi kitob fondi va bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Axborot-kutubxona markazida kichkintoy kitobxonlar o‘rtasida "Ertaklar olamiga sayohat" loyihasi asosida o‘tkazilgan "Bolajonlar kitob haqida" deb nomlangan davra suhbatida  esa bolajonlarga kitob haqida ma’lumotlar berildi. Qolaversa, bolajonlar o‘rtasida "Kitoblar mening tasavvurimda gavdalansa" nomli rasmlar tanlovi ham tashkil etildi.

Ushbu tanlovda kichkintoy kitobxonlar o‘zlari tanigan kitob voqealarini rasmlarda tasvirlab berishdi.




























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram