Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 150 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KITOBXONLIK HAFTALIGI

×

 2024-04-24 15:17:16    159

PDF yuklash
Chop etish



Kitob odamlarning ong-u tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirishning eng ta’sirchan vositasidir.

"Kitobsevar millat" shiori ostidagi IV Respublika kitobxonlik haftaligi barcha hududlarda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Bugun tuman axborot kutubxona markazida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan "Ko‘ngilga yaqin she’rlar ijodkori" mavzusidagi ma’naviy tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev ishtirok etdi.

Hokim o‘zining kirish so‘zida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik g‘oyasi va daxldorlik hissini shakllantirishda faollar, nuroniylar hamda pedagoglar oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtaldi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish muhim ahamyatga ega ekanligini alohida tushuntirdi.

Bu borada samarali ish olib borayotgan kutubxona ma’muriyatiga o‘zining tashakkurnomasi hamda kitoblar to‘plamini topshirdi.

Yosh kitobxonlar bilan suhbatlashib dastxati qo‘yilgan bolalar adabiyoti namunalarini sovg‘a qildi. Sayohat davomida kutubxonaga a’zo bo‘lib, o‘zi yoqtirgan kitobni o‘qish uchun oldi.























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram