Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

×

 2024-03-25 20:08:17    142

PDF yuklash
Chop etish



Ramazon – mehr-saxovat oyi!

Ramazon oyi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ham mehr-muruvvat, saxovat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining tashabbusi bilan Shodlik mahallasi hududidagi muhtasham “Rayhon” to‘yxonasida iftorlik dasturxoni yozildi.

Tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev boshchiligidagi sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, faxriylar hamda diniy ulamolar ishtirok etdilar.

Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbat jarayonida tumanimizda aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z yuritildi. 

Bugungi tadbirga nuroniylar, mahallalardagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan fuqarolar, shuningdek yagona ijtimoiy himoya reestrida turgan va boshqa toifadagi fuqarolar taklif etilib, ularga mehr ulashildi.

400 nafar ro‘zadorlar jam bo‘lgan ushbu xayriya tadbiri yakunida nuroniylar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik tilab duoga qo‘l ochishdi.

Bu kabi iftorliklar tumanimizdagi har bir mahallalarda davom etmoqda.











 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram