Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILGANGA ISSIQXONA DAROMAD MANBAI

×

 2024-03-25 11:53:19    125

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun Qo‘shtepa tumanida tomorqasidan unumli foydalanayotgan oilalar safi kengayib boryapti. Ayniqsa, xonadon a’zolari, xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.

Xususan, Shahartepa mahallasida ham tomorqasidan mo‘maygina daromad topayotlar, ayniqsa issiqxonachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar talaygina.  

Mahallaning Hamjixatlik ko‘chasida yashovchi Axuntoshevlar oilasi tomorqadan unumli foydalanib, bir yilda 3 marotaba hosil olmoqda. Tomorqaning 4 sotix qismida issiqxona mavjud. Issiqxonadan o‘tgan yili 50 million so‘mdan ziyod sof daromad olishgan.



Bu yil yanvar oyida issiqxonaga 25000 ming tup gul ko‘chati ekilib, ayni kunlarda ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda. Guldan so‘ng may oyining oxirlarida bodiring ko‘chatlari ekiladi va iyul-avgust oylarida hosil pishib yetiladi. Uchinchi ekinga esa ko‘kpiyoz, suqma usulida ekiladi. Axuntoshevlar oilasi bu yil issiqxonadan 100 million so‘mdan ziyod daromad olishni ko‘zlashmoqda. 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram