Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLADAGI HOKIM YORDAMCHISI O‘Z TOMORQASIDAN UNUMLI FOYDALANIB MAHALLADOSHLARIGA NAMUNA BO‘LMOQDA
2024-03-20 09:25:30 181
Qo‘shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari samarali faoliyat olib bormoqda.
Xususan, G’ishtmon mahallasida tomorqachilik yildan yilga rivojlanib, drayver sohaga aylanmoqda. Qolaversa ushbu mahallada hokim yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Nodirbek Otabekovning o‘zi ham tomorqadan unumli foydalanib kelmoqda.
– Otamni bir nasihatlari bor: “Ishlaganda quldek ishla, yurganda sherdek yur, bolam. Chunki peshona teri bilan topilgan daromadni barakasi katta bo‘ladi”. Albatta otamning o‘gitlariga amal qilib kam bo‘lmadik. Ishdan bo‘sh vaqtimizni ham befoyda o‘tkazmay, rejali ishlashga o‘rgandik, – deydi Nodirbek. – Darhaqiqat tomorqa keng imkoniyatlar manbai, agar unumli foydalanilsa, koni foyda.
Mahalladoshlarim qatori men ham ishdan bo‘sh paytimda oila a’zolarimiz bilan birga tomorqaga qaraymiz. Topayotgan daromadimiz esa oilamizga qo‘shimcha daromad bo‘lmoqda.
Nodirbek Otabekovning tomorqasidagi 2 sotixli issiqxona 2019 yilda qurilgan. Issiqxonga bu yil to‘qsonbosti usulida sarimsoq piyoz ekilgan. Daromad esa 7 million so‘mga yaqinlashib qoldi. Lekin bu bilan kifoyalanib qolinmay, sarimsoq piyozlar o‘rniga pomidor ko‘chatlari ekilib yana daromad olinadi.
Biz hisoblagan 7 million so‘m faqat issiqxonaning daromadi. Xali bunga tomorqaning qolgan qismiga ekilgan uzumlarning daromadi ham qo‘shiladi yana.
Gapning indallosini aytsak, hokim yordamchisi Nodirbek Otabekov o‘z tomorqasidan unumli foydalanib nafaqat qo‘shimcha daromad olmoqda, balki mahalladoshlariga ham namuna bo‘lib kelmoqda.