Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA “SAYXUNOBOD TAJRIBASI”NI OMMALASHTIRISH YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2024-03-18 13:35:49 230
Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida Prezidentimiz tomonidan Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha belgilab bergan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘ldi.
MFY raislari, hokim yordamchilari, bank-iqtisod tashkilotlari, fermer, tomorqa yer egalari tuman kengashi mutaxassislari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda viloyat kambag‘alikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Usmonov ham ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman hokimi A.Abdullayev aholiga bo‘lib berilgan yerdan unumli foydalanib, eksportbop maxsulotlar yetishtirish, “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini yo‘lga qo‘yish kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan S.Usmonov Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga qilgan tashriflari davomida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida ko‘tarilgan masalalar haqida so‘z yuritdi va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha belgilangan yettita ustivor yo‘nalishlarga to‘xtalib, ularni sharhlab berdi.
Shuningdek, muloqotda tomorqadan oqilona foydalanish aholi turmush farovonligini oshirishda muhim omil ekanligi, bu borada sektorlar, mahalla yettiligi hamkorlikda olib borilishi lozimligi ta’kidlandi. Qolaversa, ayrim hokim yordamchilarining faoliyatiga e’tiroz bildirildi.
Yig‘ilish so‘nggida tumandagi 51 ta mahallaga biriktirilgan mas’ullarga aholini tomorqalardan unumli foydalanishlari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratish, uy sharoitida chorvachilik, asalarichilik, parrandachilik va oila uchun boshqa qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlar bilan shug‘ullanishga jalb qilish va ularni oilaviy tadbirkorlikka qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida kooperatsiyalar tashkil etish hamda boshqa masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.