Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATIDAN

×

 2024-03-17 15:36:38    133

PDF yuklash
Chop etish


 

Xonadon farovonligi tomorqadan

Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda ish olib borayotgan hokim yordamchilari faoliyatidan aholi mamnun. Tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari samarali faoliyat yuritmoqda.

Bu borada Shodlik mahallasi hokim yordamchisi M.Saidova tomonidan fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, imtiyozli kredit evaziga xonadonlar qo‘ychilik, parrandachilik, asalarichilik hamda issiqxonachilik faoliyati bilan shug‘ullanishmoqda.

Jumladan, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi V.Ro‘ziboyev tomonidan 25 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etilgan va hududdagi 10 nafar ishsiz ayollarning bandligi ta’minlangan.

Issiqxonaga 7 ming tup pomidor ko‘chatlari ekilib, mehr bilan parvarishlanmoqda. Issiqxonada turli mahsulot yetishtirishni hadisini olgan V.Ro‘ziboyev bu yil 100 million so‘mdan ortiq daromad olishni rejalashtirgan.

Shuningdek, F.Yoqubov ham mahalladagi mirishkor dehqonlardan hisoblanadi. Uning yashash xonadonida ham 10 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etilgan. Issiqxonaga ekilgan 2,5 ming tup pomidor ko‘chatlari shu kunlarda xosilini berib turibdi. F.Yoqubov bu yil 100 million so‘mga yaqin daromad olish niyatida.




 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram