Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
LOFT USLUBIDA YASALAYOTGAN MEBELLAR JUDA HARIDORGIR BO‘LMOQDA
2024-03-13 14:16:59 270
Qo‘shtepa tumanidagi Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘inida 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallaning asosiy “drayver”i – uzumchilik, issiqxona va mebelchilik hisoblanadi.
Mahalladagilar orasida korxona-tashkilotlarda ishlaydiganlar ham bor, lekin ko‘pchilik uy sharoitida kasanachilik, hunarmandchilik, savdo va xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik hamda tadbirkorlikning boshqa sohalari bilan shug‘ullanadi. Quvonarlisi, mahallada bekorchi odamni topa olmaysiz.
– Mahallamizda mebel ishlab chiqaruvchilar juda ko‘p, – deydi Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Akramjon Teshaboyev – Dastlab, uch-to‘rt nafar ustalarimiz shu faoliyat bilan shug‘ullanib, yoniga o‘zining qarindosh-urug‘ini olib, yaxshi daromad qila boshlashgan. Keyin ularning qatoriga qo‘ni-qo‘shnilar kirib, xonadonlarda kichik tsexlar paydo bo‘lgan. Hozir mahallamizda 30 dan ortiq mebel yasovchi ustalar bor. Ularning har biri 5-10 nafardan yoshlarga shu kasbni o‘rgatmoqda.
Shu mahallada yashovchi Raximjon Ismoilov o‘z faoliyatini milliy javonlarimizni yasashdan boshlagan. Keyin esa hunari orqasidan, bu ishni tadbirkorlik darajasiga ko‘tardi.
Raximjon o‘z hunarini farzandlariga ham o‘rgatdi. O’g‘li Rustamjon Xomidjonov bugungi kunda “Mebel na zakaz” MChJga rahbarlik qiladi. Qolaversa, oilaviy mebel yasash bilan ham shug‘ullanishadi.
Rustamjon boshchiligidagi ustalar sifatli va hozirgi zamon talablariga mos mebellar yasashadi. Ayniqsa ular tomonidan loft uslubida yasalayotgan mebellar juda haridorgir. Xullas, klassikdan tortib zamonaviy mebellargacha – har bir detal nafis did hamda yuqori sifatni ifodalaydi va buyurtma asosida tayyorlab mijozlarga yetkazib beriladi. Hozirda viloyatimizning markazida korxonaga tegishli mebel do‘koni ham faoliyat olib bormoqda.
Baland masjid mahallasi hududida joylashgan “Mebel na zakaz” MChJda 15 nafardan ziyod quli gul ustalar mehnat qiladi. Mahalladagi “Temir daftar”. “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da turuvchilar ham ish bilan ta’minlangan.
Mijozlarning talab va ehtiyojlari inobatga olinib, korxonada ichki bozor va eksprot uchun yumshoq mebellar ham ishlab chiqarilmoqda. Yangi tashkil etilgan tikuvchilik tsexida mahalladagi 5 nafar tikuvchi ayollar ish bilan ta’minlandi.