Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI PROKURATURASINING TASHABBUSI BILAN “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-13 12:32:28    168

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani prokuraturasining tashabbusi bilan tuman hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda Madaniyat markazida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 18 ta korxona va tashkilotlar 220 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shuningdek ishlab chiqarilgan maxsulotlaridan namunalar bilan qatnashib, 100 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar va yoshlar qamrab olindi.

Tadbirda tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganov ishtirok etib, tashkil etilgan mehnat yarmarkasi ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ish bilan ta’minlashda zarur va ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Mehnat yarmarkasi davomida 23 nafar yoshlarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi, 21 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha kurslarga jalb qilinadigan bo‘ldi, 8 nafar yoshlarga mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.


















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram