Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA BEMOR AYOLLAR XOLIDAN XABAR OLINMOQDA

×

 2024-03-06 21:16:38    266

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan turli tadbirlar davom etmoqda va piru-badavlat onaxonlar-u, opa-singillarimizga alohida izzat-ikrom ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, joylarda xayrli amallar tashkil etilib, nuroniy onaxonlarimiz, extiyojmand oilalar va bemorlar xolidan xabar olinmoqda. Zero ularning ko‘nglini ko‘tarish, dardini yengillatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi.

Kuni kecha, bayram arafasida Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari Xalqobod mahallasida yashovchi yuz yosh bilan yuzlashgan 101 yoshli Iboxon ona Qosimovaning xolidan xabar olishgan edi.

Suhbat davomida Iboxon ona Qosimova tuman rahbariga eshitish moslamasiga extiyoji borligini bildirgan edi. Bugun onaxonga tuman hokimi o‘rinbosari Maryamxon Yuldasheva va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Zuhriddin Turdiyevlar tomonidan eshitish moslamasi yetkazib berildi.  



Shuningdek, Langar mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Muharramxon Imomaliyevaning xolidan ham xabar olinib, unga nogironlik aravachasi berildi.

– Kutilmagan yo‘qlovdan boshim ko‘kka yetdi, – deydi Muharramxon Imomaliyeva. – Bayramning shodiyonasi dardimni ham aritib yubordi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun juda ham minnatdorman.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram