Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2024-03-02 12:56:20 398
Bugun tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining navbatdagi oltmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Sharopov olib bordi.
Sessiya ishida tuman hokimi A.Abdullayevning Qo‘shtepa tumanini 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturi yuzasidan hisoboti, Qo‘shtepa tumanida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichini shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldashevaning axboroti hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, savollar berildi va o‘z o‘rnida ushbu savollarga ma’ruzachilar aniq misollar orqali batafsil javob qaytardi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.