Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikovning tabrigi

 2023-08-31 21:53:51    193

PDF yuklash
Chop etish


Ozod va obod yurtga bayramlar yarashadi

Aziz yurtdoshlar!

Avvalo Sizlarni umummilliy bayramimiz, Vatanimiz tarixidagi buyuk sana – O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan bu yilgi bayramni “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida kutib olayotganimiz zamirida mustaqillikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi, shu ulug‘ va muqaddas Vatanda o‘tayotgan tinch-osuda hayotimiz, farovon turmushimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylashdek ulug‘ g‘oya va maqsad mujassamdir.

Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan shu qutlug‘ sanada xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yo‘lni bosib o‘tganini yana bir bor chuqur his etamiz.

Mana shunday ulug‘ ayyomda butun hayotini ozodlik uchun kurashga bag‘ishlagan, bu yo‘lda jon fido qilgan ota-bobolarimiz, mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

Aziz do‘stlar!

Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz.

Biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lgan aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qarorlari va tegishli dasturlarga asosan Qo‘shtepa tumanidagi ichki yo‘llarning asfaltlashtirish ishlariga 65.0 mlrd. mablag‘, ichimlik suviga yangi tarmoq tortish va suv minorasi o‘rnatish uchun 105 mlrd. mablag‘, elektor tarmoqlarini tortish va yangi TP o‘rnatish ishlari uchun 21.6 mlrd. mablag‘lar sarflanib qurilish ishlari yakunlandi.

Bir yilda shunday katta hajmdagi bunyodkorlik ishlarini bajarish bundan 32 yil oldin ushalmas orzu, katta armon edi.

Mustaqil yurtimizning har jabhasida ana shunday keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

Tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ham barqaror o‘sishga erishilmoqda, sanoat salohiyatini rivojlantirish, servis va xizmat ko‘rsatish dasturi loyihalari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Tumanimizda paxta va g‘allachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilik tarmoqlarini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qayta ishlashning istiqbolli tizimini yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, qishloq mulkdori bugungi kunning peshqadam tadbirkoriga, jahon bozorining ishonchli ishtirokchisiga aylanmoqda.

Mamlakatimizda olib borilgan barcha islohotlar, reja va dasturlar amaliy sa’iy harakatlar avvalambor inson va uning manfaatlari,  farovon hayoti, xavfsizligi va orzu tilaklarining ro‘yobga chiqishi uchun qaratilgandir.

Barcha ishlarimizning zamirida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik mujassam. Axir osudalik bor ekan, biz ertangi kunga yorug‘ umidlar bilan qaraymiz, yuksak marralarni ko‘zlab mehnat qilamiz.

Tinch ekanmiz, har bir kunimiz mazmunli kechadi, to‘ylar to‘ylarga ulanadi, xalqimiz uchun ardoqli, ulug‘ sanalarni keng bayram qilamiz.

Aziz va qadrli yurtdoshlar !

Eng ulug‘, eng aziz ayyom-mustaqillik bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin. Ona vatanimizdan tinchlik va osoyishtalik, ahillik va hamjixatlik, fayzu baraka arimasin. 

Mustaqillik quyoshi Vatanimiz uzra abadiy porlayversin, azizlar! Yana bir bor mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!