Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

×

 2023-03-31 15:54:41    148

PDF yuklash
Chop etish



Prezidentimiz tashabbusi bilan Muborak Ramazon oyida butun respublikamizda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda ham xalqimizning roziligini olish, insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.



Xususan, tumanimizdagi Kattaboltako‘l mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan, shuningdek, nuroniylar uchun tuman hokimligi, sektor rahbarlari va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan iftorlik dasturxoni yozildi.

To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan nuroniy otaxonu onaxonlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga qut-baraka, shunday ehsonlarga bosh-qosh bo‘lib turgan barcha rahbarlar ishlariga rivoj tilab, duo qilishdi. 

Shuningdek, Fayz mahalla fuqarolar yig‘inida ham xomiylar tomonidan iftorlik dasturxoni yozildi.

Bu kabi iftorliklar tumandagi har bir mahallalarda davom etadi.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram