Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHISI – TARG‘IBOTCHI 

×

 2023-03-29 09:04:30    119

PDF yuklash
Chop etish



Asalarichilik daromad manbai

 

Qo‘shtepa tumanidagi Solijonobod mahallasi hokim yordamchisi Sherzodbek Rahmonovning sa’y-harakatlari bilan xonadonlarda qo‘shimcha ravishda chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik kabi yo‘nalishlar bilan shug‘ullanishga e’tibor qaratilgan holda “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai” ekanligi to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, tomorqadan unumli va samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad olish to‘g‘risida uyma-uy yurib targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada mahallada namunali tomorqachilar va shu ish orqali ishsizligi ta’minlanib, o‘zini-o‘zi band qilganlar soni ko‘payib bormoqda.

Keyingi paytlarda solijonobodliklarni asalarichilikka bo‘lgan qishiqishlari tobora ortib bormoqda. Hozirga kelib, asalarichilik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar soni yoigirma nafarga yaqinlashib qoldi. Xatto bu sohaga uyda ishsiz o‘tirgan ayollarning ham qiziqishlari ortmoqda. Shunday ayollardan Mushtariy Muhammadovaga 2022 yilning aprel oyida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va asalarichilik faoliyatini rivojlantirishi uchun imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 6 ta yashikda asalari olib berildi. Bir tomondan fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning xonadoniga daromad kirib kelishni boshladi.



Hokim yordamchisi Sherzodbek Rahmonovning tashabbusi bilan Solijonobod mahallasida asalarichilik faoliyatini rivojlantirish, targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borish maqsadida “Al-Ahibbo” fermer xo‘jaligi hududiga 150 dan ziyod asalari uyalari o‘rnatildi. Soha mutaxassisi Nasrullo Xoshimov tomonidan mahorat darslari o‘tilishi natijasida asalarichilikka qiziquvchilar soni ortib bormoqda.

Ushbu tashabbus natijasida Anorzor ko‘chasida yashovchi Akmaljon Dexqonovga ham “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida asalarichilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida  7 million 900 ming so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 5 ta yashikda, 10 ta asalari oilasi olib berildi. Ha, dastlab 5 ta yashikda bilan boshlangan qiziqish, keyinchalik uni kengaytirishga omil bo‘lsa ajab emas.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram