Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLALARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
2023-03-13 09:15:30 233
Kecha Qo‘shtepa tumanidagi barcha ziyoratgoh va qadamjolar, qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Mahallalardagi keksayu-yosh ishtirokida ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan maskanlar supurib-sidirildi va tozalandi.
Xususan, Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida ham hashar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Mahalla ahli tomonidan qabriston va ko‘chalarda tozalash ishlari tashkil etildi.
Tuman hokimi I.Novikov ishtirok etgan tadbirda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ham ekildi.
Obodonlashtirish ishlari yakunida ajdodlar ruhiga bag‘ishlab Qur’on tilovat qilinib, elga tinchlik-omonlik va dehqonchiliklarga qut-baraka tilab duo qilindi.
Huddi shunday tadbirlar G’ishtmon, Karnaychi, Borot qo‘yingki, tumanimizdagi barcha mahallalarda tashkil etilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.