Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKORDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA

×

 2023-03-10 06:47:05    117

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta’minotida muammolar bor edi. Keyingi yillarda mazkur mummolar ijobiy hal etilib, o‘tgan yili tumanda salmoqli ishlar bajarildi. Ushbu hayrli ishlar bu yil ham davom etmoqda. Xatto chekka hududlardagi mahallalarda ham ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda.

Xususan, ayni kunlarda 11 ta mahallada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish va suv ta’minotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Sohibkor mahallasida ham PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 4.0 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun 3770.0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Pudratchi tashkilot “Farg‘ona Bunyodkor Qurilish” MChJ tomonidan shu kungacha 1 dona quduq qazish ishlari yakunlanib, 3.6 kilometr tarmoq tortildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram