Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MA'RIFATLI AYOL—JAMIYATIMIZ SAODATI

×

 2023-03-07 22:36:41    149

PDF yuklash
Chop etish


Tabrik-murojaatnoma

Biz, ayol zotiga Alloh yaratgan mavjudotlarning eng mo‘’jizakori, deya ta’rif beradilar. Zero, ONA—avlodlar davomiyligining kafili. Jamiyatimiz teng yarmini toifamiz vakillari tashkil etsalar, ikkinchi yarmini ham ona dunyoga keltirib, oyoqqa qo‘yib, tarbiyalab, elga qo‘shadi. Muqaddas sahih Hadisi sharifda bejiz “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” deya bitilmagan.

Bugunning ayoli nafaqat avlodlar davomiyligi, balki barcha soha taraqqiyoti barqarorligining ham eng ishonchli kafilidir desak, aslo mubolag‘a emas. Tabiatan jonsarak ayolarimizni iqtisodiyotning ham, siyosatning ham, ma’naviyat va ma’rifatning ham eng oldingi qatorlarida ko‘ramiz. Bu, albatta O’zbekistonimizda Prezidentimiz rahnamoliklarida ayollarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar sharofatidandir. Lekin, kim bo‘lganimizda ham biz, ayollarga jamiyatimiz asosi bo‘lgan oila qo‘rg‘onining mehribon, ayni paytda talabchan bekasi, tarbiyachisi sifatida qaraydilar. Umidli ertamiz biz bilimli, intiluvchan, o‘zining, demakki, yurtining birini-ikki qiladigan etib tarbiyalayotgan avlodning salohiyatiga bog‘liq ekanligini yodimizdan chiqarmaylik.

Ehtirom ayyomi bo‘lmish bahor bayrami bilan tabriklash barobarida Sizga murojaat qilishni joiz bildik, MO’'TABAR BUVIJONLAR!

Boshidan issiq-sovuqni o‘tkazgan Sizlardek kayvonilar farzandlarimizni tinchlik, xotirjamlikning qadriga yetishga, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan, Alloh bergan umrning fursatlaridan ezgu maqsadlar uchun foydalanishga, osoyishta o‘tgan har kunimizga shukronalikka o‘rgatishga qodirsizlar. Shukronalik xonadonga ham, yurtu elimizga ham fayzu barakot olib kelishini Sizlardan-da yaxshi biladiganlar bo‘lmasa kerak.

MUNIS ONAJONLAR, MUHTARAMA OPA-SINGILLAR!

Bahoriy nasim bilan kirib kelayotgan bayramingiz muborak bo‘lsin! Onalari bedor xonadonning, demakki, jamiyatning erkaklari shijoatkor, farzandlari oqil, el-yurtning bag‘ri butun, taraqqiyoti bardavom bo‘ladi. Yurtimizning tinchligi, obodligiga ko‘zlar tegmasin. Farzandlarimiz yurish-turishi, ta’lim-tabiyasi, jamiyatdan o‘z o‘rnini topishiga avvalo biz mas’ul ekanimizni unutmaylik. Ularni ijtimoiy tarmoqlardagi oldi-qochdi ma’lumotlar domidan asrash, shu aziz yurtiga, onajon xalqiga beminnat xizmat qilishga qodir qilib tarbiyalash Yaratganning, qolaversa, el-yurtning oldidagi burchimiz ekanini bir lahza bo‘lsa-da unutmaylik!

AZIZ QIZLARJON! 

Bahorni boshlab keladigan bayram huddi Sizlardek go‘zal, Siz kabi latofatli, ayom muborak! Sizning salohiyatli, bilimdon, tadbirkor, hunarmand bo‘lib, oilani muqaddas bilib kamol topishingiz uchun davlatimiz rahbari nimaiki zarur bo‘lsa, muhayyo etmoqda. Bu g‘amxo‘rlikka, e’tiborga munosib bo‘lasiz, degan umiddamiz. Yoshlikning oltinga topilmas fursatlarini faqat ezgu amallarga baxsh aylang. Ana shundagina umidli ertangizga ishonch bilan boqasiz.

Barcha-barchangizni bahor bayrami bilan yana bir bora tabriklab, shu aziz yurtimizni yomon ko‘zlardan asrashda hamjihatlikka chaqiramiz.

Maryamxon YuLDAShEVA,

Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram