Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
8-MART BAYRAM TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI
2023-03-06 21:03:43 238
Qo‘shtepa tumanidagi Tibbiyot birlashmasida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda barcha muassasalardan taklif etilgan 100 nafardan ziyod ayollar ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Tibbiyot birlashmasida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan xodimlarga alohida ehtirom ko‘rsatilib, ular kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Barcha tavsiya etilgan tadbir ishtirokchilariga kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir bayramona ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Yana shunday tadbirlardan biri tuman axborot-kutubxona markazining Yoshlar ishlari agentligidagi filial kutubxonasida bo‘lib o‘tdi. Axborot-kutubxona markazida esa “Yosh kitobxon” va “Yosh musavvir” to‘garagi a’zolari ishtirokida “Onajonim-mehribon” nomli adabiy-badiiy kecha va rasmlar tanlovi tashkil etildi.