Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH DAVR TALABI 

×

 2023-03-06 15:43:03    243

PDF yuklash
Chop etish



Hunar — hunardan rizqing unar

Qo‘shtepalik do‘ppido‘z Axlidil Saidxo‘jayeva vodiyu vohani do‘ppi bilan ta’minlayotgan qo‘li gul hunarmandlardan. Do‘ppido‘z tayyorlayotgan do‘ppilar xatto qo‘shni davlatlar Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istongacha yetib bormoqda.

U salkam yarim asrlik faoliyati davomida yuzlab shogirdlarni kamolga yetkazib, Qiyqi mahallasidagi 70 dan ziyod ayolni doimiy ish bilan ta’minladi. Do‘ppido‘zlar sulolasini davom ettirayotgan Axlidil Saidxo‘jayeva Marg‘ilonning o‘ziga xos do‘ppilarini o‘z shogirdlari – qizlari, kelinlari va kasanachi ayollar bilan birgalikda nozik did sohiblariga yetkazib beryapti. Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, Qiyqi mahallasidagi juda ko‘plab ayollar do‘ppido‘zlik, yo to‘n tikish, yoki tikuvchilik, qo‘yingki, hunarmandchilikning qaysidir turi bilan mashg‘ul.



- Oilada 8 ta opa-uka bo‘lsak, barchamiz do‘ppichilik bilan shug‘ullanamiz, Allohga shukur kam bo‘lmayapmiz, - deydi Axlidil Saidxo‘jayeva. - Nega desangiz do‘ppi tikish, tayyorlash ham tirikchilik, ham eng savobli va sharafli ishdir. Chunki hamyurtlarimiz qo‘l mehnatimizni e’zozlab  aziz boshlariga kiyib yurishadi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram