Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “TASHABBUSLI BYUDJET” SAMARASI: MUAMMOLAR BOSQICHMA-BOSQICH O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA

×

 2023-03-06 12:35:17    182

PDF yuklash
Chop etish



Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ajratilayotgan mablag‘lar hududlarda yashovchi aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan eng dolzarb muammolariga yechim bo‘lmoqda.

Qo‘shtepa tumanida ham bu borada olib borilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Fuqarolar esa bu jarayonda o‘z faolligini ko‘rsatib, takliflari qo‘llab-quvvatlanayotganidan mamnun bo‘lmoqda.

Mazkur loyihada o‘z tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.

G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etishdi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida o‘tgan yili  Ohang ko‘chasida 1.5 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 1 dona suv qudug‘i qazildi va 1 dona suv minorasi, 1 dona suv nasosi o‘rnatildi. Shuningdek, 1 dona transfarmator, 10 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 359 metr 10 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i tortildi.

Mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Ma’naviyat ko‘chasida 1 dona transfarmator o‘rnatilib 1300 metr 0.4 kv va 200 metr 6-10 kv tarmoq tortilib, 23 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi. Badish ko‘chasida ham 1 dona transfarmator o‘rnatildi. 7 ta ko‘chadagi 13 kilometrga yaqin yo‘l asfalt qilindi.

– “Tashabbusli byudjet” bizga juda ma’qul keldi, – deydi G’ishtmon MFY raisi A.Abdujalilov. – Qarangki, o‘z muammomizni telefonda ovoz berish yo‘li bilan hal qila oldik. Quvonarlisi, aholi “Tashabbusli byudjet” tufayli mahallamizga kirgan obodlikdan xursand.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram