Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI MAHALLALARDA BAHORGI TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA 

×

 2023-03-04 09:32:44    182

PDF yuklash
Chop etish



Bahor… Naqadar yoqimli, qalblarga iliqlik, ko‘ngillarga orzu-umid bag‘ishlovchi so‘z bu. Fasllar nomlari orasida eng nafis, eng go‘zal, talaffuz etilishida ham o‘zgacha ma’no borday go‘yo. Nazarimizda inson ona tabiat bilan yaqinligini aynan shu damda yaqqol his etadi.

Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi.

Bahorning ilk kunlaridayoq, sumalakning xushbo‘y hidi esa tevarak atrofni zabd etadi. Odamlar samimiyat bilan bir birlarini tabriklashadi. Bunday tarovat faqat O’zbekistonimizga xos.

Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda bahorgi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Shunday tadbirlardan biri Yo‘ldoshobod mahallasida istiqomat qiluvchi opa-singillarimiz ishtirokida o‘tkazildi. Mahalla ayollari milliy an’ana va qadriyatlarimizni davom ettirib, doshqozonda sumalak qaynatishdi. Tadbirda mahalla ayollari bilan birga tuman hokimligining mas’ul xodimlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari  ham ishtirok etishdi.

Bu tadbirdir chinakam sumalak sayliga ulanib ketdi. Opa-singillarimiz hamda tadbirning jajji ishtirokchilari tomonidan milliy va qardosh xalqlarning kuy-qo‘shiqlari, kelin salom, shuningdek qiziqarli o‘yinlar tashkil etilib, barchaga esda qolarli lahzalarni tuhfa etdi.

Sumalak sayli kun davomida katta doshqozon atrofidagi o‘yin-kulgu va xursandchilik bilan yuqori kayfiyatda davom etdi.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram