Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

×

 2023-03-03 17:43:02    199

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Yo‘ldoshobod mahallasidagi Muhabbatxon Xaydarovlarning xonadonida Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldasheva ishtirokida keng jamoatchilik vakillari va mahalladagi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot– sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbaini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida  ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlash,  doimiy ish bilan ta’minlash hamda oilaviy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish borasidagi takliflar bildirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldasheva tomonidan batafsil javob berildi.  

Ushbu tadbir mahalla ayollarining sumalak sayliga va o‘yin-kulgulariga ulanib ketdi.

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram