Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BITTA TIKUV MASHINASIDA ISH BOSHLAGAN AYOLNING ENDI KO‘PLAB SHOGIRDLARI BOR

×

 2023-03-02 11:23:09    249

PDF yuklash
Chop etish



Ayoli e’zozlangan yurtda qut-baraka bo‘ladi

Qo‘shtepa tumanining Karnaychi mahallasida yashovchi Xafizaxon Oxunjonova ish faoliyatini bitta tikuv mashinasi bilan o‘z xonadonida boshlagan edi. Yurtimizda ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan foydlanib 20 million so‘m kredit oldi. Shundan so‘ng uning faoliyati rivojlanib, hunarini ustoz-shogird an’analari asosida, qizlariga, kelinlariga va mahalladagi ishsiz ayol-qizlarga o‘rgata boshladi. Tikuvchilarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgani sababli Xafizaxonning ustaxonasi doimo hunar o‘rganayotgan ayol-qizlar bilan gavjum.



Bundan tashqari kasanachilik faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan Xafizaxon Oxunjonova tayyor bichilgan kiyimlarni tikish uchun tarqatib beradi. Mahalladagi o‘n nafarga yaqin kasanachi ayollar tikkan chokiga qarab maosh olishadi.   

Bugungi kunga kelib, Xafizaxon va uning shogirdlari tomonidan tikilayotgan milliy adras chopon, kamzul va ko‘ylaklar yurtimiz bo‘ylab ichki bozorlarda sotilmoqda. Qolaversa yangi ayollar liboslari dizaynini yaratish bo‘yicha ham ijodiy izlanishlar olib borilmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram