Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QO‘SHTEPA TUMANIDA QURILISH ISHLARI YAKUNIY BOSQICHGA KIRGAN TADBIRKORLIK LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2023-03-02 08:19:13    132

PDF yuklash
Chop etish



Ayni kunlarda “Qumtepa” MFYda “Qo‘shtepa Rovvot ta’mir” oilaviy korxonasi tomonidan tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish loyihasi yakuniga yetkazilmoqda. Buning natijasida korxonada asosan qurilishda muhim xomashyo bo‘lgan tunuka mahsulotlari, bunga qo‘shimcha ravishda keng assortimentdagi darvozalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Hozirda bu yerda dastlabki bosqichda ishlab chiqarilayotgan rang-barang turdagi tunuka mahsulotlari xaridorlarga juda ham manzur bo‘lmoqda. Ayni paytda 15 nafar yoshlarni doimiy ish o‘rni bilan band qilgan tadbirkor loyihani to‘la quvvatda ishga tushirish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan.

“Otabek Oybek saxovati” MChJ tomonidan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha ham so‘nggi qurilish-montaj ishlari olib borilyapti. Loyiha tashabbuskorining 5 milliard so‘m o‘z mablag‘i sarflanishi hisobiga korxonada ofis va xonadonlar uchun mebel jihozlari hamda buning uchun kerakli aksessuarlar ishlab chiqarilishiga erishiladi.

“Istiqbol” kichik sanoat zonasida joylashgan “Target max” MChJda shurup va samorez mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi uchun 23,8 milliard so‘m mablag‘ jalb etilib, 2022 yilning dekabr oyida ishga tushirildi, Xitoy davlatidan uskuna va jihozlar olib kelib o‘rnatildi va hozirda sinov tariqasida dastlabki ishlab chiqarish jarayoni olib borilmoqda. Tadbirkor Ulug‘bek Rahimjonov korxonada jahon andozalari darajasida qurilish ashyolari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yangi korxonalar faoliyatini o‘rganish mobaynida viloyat hokimi tumandagi to‘rtta sektor rahbariga bu kabi tadbirkorlik sub’ektlarini yanada ko‘paytirish hisobiga Qo‘shtepada ishsizlik darajasini keskin kamaytirish va aholining muqim daromad manbalarini yaxshilash bo‘yicha vazifalar yukladi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram