Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHGA IXTISOSLASHGAN ZAMONAVIY MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-03-02 08:13:57    217

PDF yuklash
Chop etish



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish asnosida “Sohibkor” MFY hududida yangi tashkil etilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida “Sohibkor” MFYdagi Qo‘shtepa tumani aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 9,5 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu ta’lim muassasasi eng so‘nggi andozalar asosida bunyod etilgan bo‘lib, u to‘liq yangi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlandi. Hozirgi kunda 5000 nafarga yaqin talabgorlar ichidan saralab olingan 336 nafar o‘quvchilar aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida bilim olishmoqda. Ularga 30 nafardan ziyod oliy toifali o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berishmoqda.

Tantanali tadbirda ramziy tasma qirqilib, mehmonlar maktab faoliyati hamda bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, muhtasham sinf xonalarida o‘quv jarayonlarini bevosita kuzatishdi.

O’quvchilar bilan samimiy suhbatlashgan viloyat hokimi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qurilib, barcha qulayliklar muhayyo etilayotgan bunday maktablarda yaxshi o‘qib, bilim olish hamda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamol topish zarurligini ta’kidladi.

Tumanga tashrifi davomida Xayrullo Bozorov “Soy bo‘yi” mahallasi hududida joylashgan “Aziz bolajon diyori” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘chaning loyiha qiymati 2,7 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Ayni paytda muassasada 80 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda.

Yuzma-yuz muloqotda tadbirkor Oybek Rahmatov maktabgacha ta’lim muassasasini to‘la quvvatda ishga tushirish, yuqori qavatlarni jihozlash, pardozlash ishlari bo‘yicha biznes-rejasi bilan tanishtirdi. Shu tariqa tadbirkorga ko‘mak berish va faoliyatini kengaytirish maqsadida unga kredit ajratish masalasini o‘rganib, ijobiy hal etish borasida mas’ullar ishtirokida aniq vazifalar belgilab olindi. 












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram