Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-03-01 08:19:00    91

PDF yuklash
Chop etish



Tuman hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.






Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov olib bordi.





Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvar kungi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 yil davomida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Shundan so‘ng Qo‘shtepa tumani prokurori S.Akbarov “2022 yilning 12 oyida qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurash holati to‘g‘risida”, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Mavlonov “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2022 yil 12 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida” hisobot berishdi.





Shuningdek, sessiya davomida Qo‘shtepa tumani mahalliy byudjetining 2022 yilgi ijrosi yuzasidan tuman Moliya bo‘limi mudiri I.Akbarovning, Qo‘shtepa tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023 yildagi chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.Eminovning hisobotlari hamda Qo‘shtepa tumanida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichini shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldashevaning axboroti ham tinglandi.



Kun tartibi bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar oldilar.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram