Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARHISOB: XALQ FAROVONLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA

×

 2023-01-27 10:30:56    103

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri xalq farovonligini oshirish, aholi turmush tarzini yanada yaxshilashni ta’minlash hisoblanadi. Qo‘shtepa tumanida keyingi yillarda bu boradagi ishlarga katta e’tibor qaratilib, qishloq ahlining munosib hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan, Qo‘shtepa tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ham Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish borasida 2022 yil mobaynida tizimli ishlar amalga oshirildi. Tumanda 2022 yil davomida 64.9 km 0.4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, 17 dona transformator punktlari qurish, 46 dona transformator punktlari va 139,9 km 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash belgilangan edi.

Xususan, Kattaboltako‘l mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-427 ni yuklamasini yengillatish uchun 6 dona SV-110-3.5 hamda 30 dona SV-95-2.0 rusumli temir beton tayanchlar o‘rnatildi.

G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-34a ni yuklamasini yengillatish uchun o‘rnatilgan GKTP-250 kVAni 0.4 kV uzatmasiga 21 ta tayanch o‘rnatilib, SIP kabellari tortildi va qurilish ishlari yakunlandi.

Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-665 ni yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha o‘rnatilgan KTPM-100 kVA ni 0.4 kV uzatmasi uchun 54 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 1,4 km uzunlikda SIP kabellari tortilib, xonadonlarni ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyson mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-267 ni 0.4 kV uzatmasini rekonstruktsiya qilish uchun 37 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi.

Langar mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-137 ga qo‘shimcha o‘rnatilgan KTPM-100 kVA ni 0.4-10 kV uzatmasi uchun 66 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, hozirda 10 kV uzatma qurish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-52 ni yuklamasini yengillatish uchun 1 dona KTPS-250/10/0.4 kVA rusumli yangi transformator punkti o‘rnatildi. 10 kV uzatma uchun 12 dona SV-110-3.5 va 0.4 kV uzatma uchun 48 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, yangi o‘rnatilgan TP va tarmoq ishga tushirildi.

Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-153 ni yuklamasini yengillatish uchun esa 0,5 km 6 kV hamda 1,6 km 0.4 kV kuchlanishli tarmoq qurib bitkazildi.

Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inidagi Sardoba ko‘chasiga 0,4 km 10 kV va 1,3 km 0.4 kV yangi tarmoq qurib bitkazildi.

Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini Bexizor ko‘chasida 0,3 km 10 kV hamda 1,1 km 0.4 kV yangi tarmoq qurib bitkazildi. KTPS-160 kVA rusumli transformator punkti o‘ranilib, ishga tushirildi.

Korxona tasarrufidagi 139,9 km 0,4-6-10 kV elektr uzatish tarmoqlarini va 46 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, 141 km tarmoq va 51 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 297 km 0.4-6-10 kV kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari daraxt shoxlaridan tozalanib, joriy ta’mirlashdan chiqarildi.

Bundan tashqari tuman hokimligi tomonidan elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan Nurafshon MFY hududidagi yangi cheklarga quvvati 250 kVA bo‘lgan KTPS rusumli transformator punkti olib berilib, ishga tushirildi.

Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini Sardoba ko‘chasidagi mavjud TP-47/400 kVA ni yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha KTPS rusumli, quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va 78 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 0.4 kV kuchlanishli 1,6 km SIP kabel tarmog‘i tortilib, aholi xonadonlari yangi tarmoqqa ulandi. Chinortepa ko‘chasidagi mavjud TP-119/250 kVA ni yuklamasini yengillatish uchun esa qo‘shimcha KTPS rusumli, quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va 42 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 0.4 kV kuchlanishli 0,98 km SIP kabel tarmog‘i tortish ishlari bajarilib, aholi xonadonlari ulandi.

Shahartepa mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlarobod ko‘chasidagi mavjud TP-258/160 kVA ni yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha KTPS rusumli, quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va 72 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 0.4 kV kuchlanishli 2,1 km SIP kabel tarmog‘i tortish ishlari bajarilib, xonadonlar ulandi.

Mahallalardagi qurilish montaj ishlari yakunlanib, 700 dan ortiq xonadonlarda elektr ta’minotini yaxshilanishiga erishildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-408 sonli qaroriga asosan, Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-275/160 kVA ni yuklamasini yengillatish va aholi tomonidan o‘rnatilgan qo‘lbola tayanchlarni yangilash uchun quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punkti va 1,5 km uzunlikda yangi tarmoq qurish loyihalashtirilib, 0,4-10 kV tarmoq qurish uchun 92 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi.

Tuman markazidagi ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Xalqobod” 6 kV uzatmasida yuklama ortgani, uzatmada o‘ta zo‘riqish natijasida nosozliklar tez-tez sodir bo‘layotgani sababli, Xalqobod, Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘inilaridagi xomiylar bilan hamkorlikda PS “Ochistnaya” 110/6 kV dan 4,5 km uzunlikda 6 kV kuchlanishli yangi uzatma qurib ishga tushirildi. “Xalqobod” 6 kV uzatmasidagi yuklamaning bir qismi yangi qurilgan uzatmaga o‘tkazilib, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati yaratildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram