Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KAM TA’MINLANGAN, EHTIYOJMAND OILALARGA MODDIY YORDAM BERILDI

×

 2022-12-27 15:14:28    96

PDF yuklash
Chop etish



#Inson_qadri_uchun

Qo‘shtepa tumanida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir ahvoldagi bemorlarni sog‘ligini tiklashlari uchun ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu kunlarda Shomirza hamda Shahartepa mahallasidagi 5 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand va bemorlarning davolanishi uchun mablag‘ zarurligi inobatga olinib ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Tuman hokimi I.Novikov va 3-sektor rahbari Sh.Mavlonovlar bugun ushbu xonadonlarda bo‘lib bemorlar xolidan xabar olishdi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari, farzandlari uchun yangi yil sovg‘alari, shuningdek xomiylarning moddiy yordamlari yetkazib berildi.

Tumandagi “Shahartepa Shomirza” MMTPga qarashli “Xomidbek Davronbek” fermer xo‘jaligi rahbari U.Xomidov, “Qahramon Murodil fayzi” fermer xo‘jaligi rahbari G’.Marasulov hamda “Sulaymonbek Yusupov” fermer xo‘jaligi rahbari O.Sulaymonovlar tomonidan Shomirza va Shahartepa mahallalaridagi 5 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga jami 16 million so‘m miqdorida moddiy yordam berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram