Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#JARAYON

×

 2022-12-19 09:31:47    162

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida aholini hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 noyabrdagi “Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 670-XDFU sonli qaroriga asosan Qo‘shtepa tumanidagi Qiyqi MFY Sardoba ko‘chasida mavjud TP-47/400 kVA yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha KTPS rusumli, quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va 78 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi. Shuningdek, 0.4 kV kuchlanishli 1,6 km SIP kabel tarmog‘i tortish ishlari bajarilmoqda.



Qiyqi MFY Chinortepa ko‘chasida esa TP-119/250 kVA yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha KTPS rusumli, quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va 42 dona temir beton tayanchlar o‘rnatilib, 0.4 kV kuchlanishli 0,98 km SIP kabel tarmog‘i tortish ishlari bajarilmoqda.

Shahartepa MFY Do‘stlarobod ko‘chasidagi mavjud TP-258/160 kVA yuklamasini yengillatish uchun qo‘shimcha KTPS rusumli, quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti va 72 dona temir beton tayanchlar o‘rnatildi. 0.4 kV kuchlanishli 2,1 km SIP kabel tarmog‘i tortish ishlari ham bajarilmoqda.

Qurilish montaj ishlari oy yakuniga qadar bajarilishi natijasida 700 dan ortiq xonadonlarda elektr ta’minotining yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram