Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-12-16 14:50:29    80

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shtepada o‘qituvchi va o‘quvchilardan Qizil yarim oy jamiyati uchun pul yig‘ilmoqda” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Unda: “Assalomu alaykum, Eltuz. Qo‘shtepa tumani hokimi Qizil yarim oy jamiyatiga o‘qituvchilardan 30 mingdan, o‘quvchilardan 5 mingdan yig‘ishni buyuribdi. Kam ta’minlangan o‘quvchilardan olmanglar deyildi. Shu shartmi? Qish kunida isitishni, qorinni g‘amidan orttirib yana to‘lov qilinglar degani ota-onalarga aytishga bet bormi? iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz” – deya shikoyat qilingan. 

Ushbu murojaat yuzasidan Qizil Yarim Oy jamiyati Qo‘shtepa tumani tashkiloti quyidagilarni ma’lum qiladi: - “Farg‘ona viloyati hokimining Farg‘ona viloyati Qizil Yarim Oy jamiyati tashkiloti hisobiga mablag‘ topshrish “Xayriya o‘n kunligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 2022-yil 31-oktyabrdagi 421-11-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining 2022-yil 3-noyabr kuni 288-11157-Q/22 qarori qabul qilingan.

O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining aholiga insonparlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha olib borayotgan ishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatda 2022-yilning 15-25-noyabr kunlari davomida O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatini Farg‘ona viloyat tashkiloti jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash “Xayriya o‘n kunligi” o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu qarorga asosan tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining mahalliy tashkiloti hisob-raqamiga belgilangan tartibda ishchi-xodimlarning o‘z roziliklari bilan a’zolik badallari va xayriya mablag‘lari o‘tkazib berish tavsiya etilgan.

“Xayriya o‘n kunligi” o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yil noyabr oyida Qizil Yarim Oy jamiyati Qo‘shtepa tumani tashkiloti tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilgan. Lekin, mablag‘ o‘tkazish ixtiyoriy bo‘lib, xayriya beruvchi o‘zining rozilik arizasi bilan to‘lashi mumkin. Murojaatda tilga olinganidek, Qo‘shtepa tumani hokimi hech qanday buyruq bermagan va majburiy ravishda hech kimdan xayriya mablag‘i o‘tkazib berish talab qilinmagan.”

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram