Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

×

 2022-12-15 15:57:19    161

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qo‘shtepa tumani vakili S.Nuriddinov, Eshonguzar masjidi imom xatibi A.Parpiyev va Qorashbuvo masjidi imom xatibi K.Akbarov, shuningdek maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan tinchlik siyosati, inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va boshqa dolzarb mavzular to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek so‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, dinimizga zid bo‘lgan yot qarashlar, ekstremistik va terroristik oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir yakunida yig‘ilganlar e’tiboriga maxsus tayyorlangan “Soxta da’volar” nomli hujjatli film namoyish etildi.

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram