Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 8-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI “OBOD QISHLOQ” DAVLAT DASTURI DOIRASIDA KO‘RKAM VA ZAMONAVIY KO‘RINISH OLDI

×

 2022-12-15 13:55:11    76

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 2022 yilgi “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida butunlay ko‘rkam va zamonaviy ko‘rinish oldi.

180 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu muassasa 1984 yilda qurilgan. Dastlab, 2021 yilda viloyat hokimining Farmoyishiga asosan hududdagi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish maqsadida 90 o‘rinli mobil (konteyner) tipdagi qo‘shimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda esa “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida “296-HIKMK” MChJ tomonidan ta’lim tashkilotining 180 o‘rinli bino qismida to‘liq qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.

Muassasada 1 milliard 921 million so‘m mablag‘ evaziga mavjud binolar va guruhlar xonalari mukammal ta’mirlandi, atrof devori qayta tiklanib ko‘rkam qiyofa kasb etdi. Yangi ayvonchalar qurilib, kanalizatsiya va guruh xonalaridagi ichki xojatxona hamda qo‘l yuvish uchun yaratilgan sharoitlar yanada yaxshilandi. Bugungi kunda 270 nafar bolalar uchun zamon talablariga mos ta’lim-tarbiya oladigan maskanga aylantirildi. Mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish uchun 32 turdagi tarqatma, ko‘rgazmali materiallar, plakatlar bilan ta’minlandi.

Bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek tuman MTBning mas’ullari, muassasa xodimlari, mahalla nuroniylari hamda faollari ishtirokida ushbu muassasa foydalanishga topshirildi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram