Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2022-12-15 08:24:33 160
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidan yuborilgan tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.
Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Sarmozor mahallasidan yozyapmiz. Mahallamizda elektr bir kunda 5-6 marotaba o‘chmoqda. HET korxonasining dispetcherlik raqamlari bilan bog‘lanib bo‘lmayapti. Energetika vaziri o‘rinbosari 1 soatdan ko‘p elektr uzilishi uchun hudud
rahbariga chora ko‘rilishini aytgan edi. Tegishli chora ko‘riladi degan umiddamiz” – deya xabar qilingan.
Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilar elektr ta’minoti PS “Satkak” 110/35/10 kV dan chiquvchi “Sarmozor” 10 kV uzatmasidan bajariladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori 14-bobining tegishli bandlariga asosan energiya tizimlarida quvvat tanqisligi davrlari uchun elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvali tuziladi.
2022-2023 yillar uchun tuzilgan cheklash jadvaliga asosan Sarmozor 10 kV uzatmasiga ham sutka mobaynida 8 soat cheklov vaqtlari joriy etilgan.10 kV uzatmalarda cheklov amalga oshirilmasa energiya tizimlarida quvvat balansi buzilishi va 110 kV uzatmalarda o‘chishlar yuz beradi. Ushbu xolatlarni oldini olish uchun 6-10 kV uzatmalarda cheklov joriy etilmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.