Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2022-12-14 09:53:52    85

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinalari gaz quyisha olmayapti mazmunida videolavha tarqaldi. Sanasi noma’lum xabarda, mazkur holat Qo‘shtepa tumani gaz quyish shahobchasida ekanligi aytilgan. Ushbu murojaatga Respublika tez tibbiy yordam Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani tez tibbiy yordam bo‘limi tomonidan quyidagicha munosabat bildirildi: - “Shu yilning 13 dekabr kuni soat 6:00 larda Qo‘shtepa tumanidagi “Safe Fergana Gaz” MChJga qarashli quyish shahobchasida 2 dona “Tez yordam” avtomashinasi 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda gaz bilan ta’minlanib, xizmatga yo‘l olgan. Xabarda aytilgan 8 ta avtomashina va ularning uzoq vaqt kutib qolgani yolg‘on.

Shuningdek, bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida 15 dona tez tibbiy yordam avtomashinalari bo‘lib, ular gaz va benzinga moslashgan. Chaqiruvlarga kechiktirilmaslikning oldini olish maqsadida tez tibbiy yordam avtomashinalari benzin zaxirasi bilan ta’minlangan.

Hozirda tez tibbiy yordam avtomashinalariga gaz quyish grafik asosida ta’minlanmoqda. Muammolar kuzatilgani yo‘q.

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda asoslanmagan ma’lumotlar tarqatmaslik, noo‘rin xulosaga bormasliklarini so‘rab qolamiz.”

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.  



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram