Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2022-12-11 20:32:47 160
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo‘shtepa tumani Baland masjid MFYdan yo‘llangan tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.
Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Baland masjid MFYda daraxtlar noqonuniy kesildi. Prezidentimiz “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha daraxt ekishga targ‘ib etayotgan bir vaqtda bizda kesilyapti. Mutasaddilar holatni o‘rganishini so‘raymiz” – deya xabar qilingan.
Ushbu murojaatga Qo‘shtepa tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan quyidagicha munosabat bildirildi: - “Baland masjid” qabristonida mahalla faollari tomonidan qurilish qilish maqsadida, 3 tup (Kaliforniya) terak daraxtlari qurilish bop bo‘lib yetilganligi uchun kesib olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari qabriston hududidagi mavjud mevali bog‘ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 4 apreldagi №101-sonli “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga asosan kesib tashlangan.
O’zbekiston Respublikasi “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 45-moddasida ko‘rsatilgan “Yog‘och olish va mevalar yetishtirish uchun maxsus ekilgan, yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki bo‘lgan daraxtlar va butalarni (teraklar va boshqa tez o‘sadigan turlar, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar) kesish uchun ruxsatnoma talab qilinmasligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.